Ishning zerikarli qismini AI'ga bering
Ishlayotgan mutaxassislar uchun 3 ta qisqa kurs. Har birida 6 ta dars, birinchisi bepul.
Sohangizni tanlang
Vazifa: Oy oxiri hisoboti
AI bilan, kursning ikkinchi darsidan boshlab.
Uchta kurs. Har biri o'z sohasi uchun
Kurslar noldan o'rgatmaydi. Siz sohangizni bilasiz, biz AI bilan qanday tezroq ishlashni ko'rsatamiz.
AI + Buxgalteriya
Kursdan keyin qila olasiz
Darslar
Avvalgi narx: 499 000 so'm
Chegirma --:--:-- dan keyin tugaydi
5 ta pullik dars, har darsga PDF prompt shablon. Kirish: umrbod. To'lov Telegram botda, Payme orqali (Click tez orada).
Kursni sotib olish Avval bepul dars3 kunlik kafolat. Fikringizni o'zgartirsangiz, to'lovdan keyin 3 kun ichida botda /call orqali yozing, pulni to'liq qaytaramiz. To'lov orqali ommaviy oferta shartlariga rozilik bildirasiz.
Saytdan darsgacha to'rt qadam
Hammasi Telegram ichida, ilova o'rnatish shart emas. Ro'yxatdan o'tish bir marta: ism va telefon raqam.
Sohangizni tanlaysiz
Tugma Telegram botni aynan shu kurs bilan ochadi. Birinchi marta bot ism-familiyangizni va telefon raqamingizni so'raydi, keyin kursni o'zi ko'rsatadi.
Bepul darsni ko'rasiz
Kurs sahifasidagi "🎁 Бепул дарс" tugmasini bosasiz, bot birinchi dars videosini yuboradi. Kurs sizga mos-mos emasligini shu yerda bilasiz.
Payme bilan to'laysiz
"Сотиб олиш" tugmasi Payme to'lov sahifasini ochadi. To'lov avtomatik tasdiqlanadi va bot yopiq kanalga bir martalik havola yuboradi.
Yopiq kanalda o'rganasiz
5 ta dars va PDF shablonlar bir joyda. Havola eskirsa, botdagi "Ёпиқ каналга ўтиш" tugmasi yangisini beradi.
AI + Buxgalteriya
💰 Нархи: 159 000 сўм
⏳ Кириш муддати: ♾ Умрбод
🎁 Бепул дарс
Bitta dars, bitta natija
Kurator yo'q, shuning uchun har bir dars savol qoldirmaydigan qilib qurilgan.
MuammoHar kuni vaqtingizni yeydigan aniq ish.
Jonli yechimMuallif shu ishni AI bilan ekranda bajaradi.
NatijaOldin va keyin: masalan, 3 soat o'rniga 15 daqiqa.
TopshiriqO'z ishingizda takrorlab ko'rasiz.
Bu kurs kimga mos?
Mos keladi, agar
- Hozir ishlayapsiz va sohangizni yaxshi bilasiz
- Kuningizning katta qismi takroriy ishlarga ketadi
- O'z tempingizda, mustaqil o'rganishga tayyorsiz
Mos kelmaydi, agar
- Kasbni noldan o'rganmoqchisiz
- Uy vazifasini tekshiradigan kurator kerak
- AI hamma ishni o'zi qiladi deb kutyapsiz
Narxni ochiq aytamiz
Kursdan tashqari xarajat bor. Buni to'lovdan keyin emas, hozir bilganingiz yaxshi.
AI vositalarining obunasi uchun Visa yoki Mastercard karta kerak. Humo yoki Uzcard bilan to'lab bo'lmaydi. Bepul darsda qaysi obuna kerakligini va qanday ulashni ko'rsatamiz.
Ko'p beriladigan savollar
Javob topmasangiz, botga /call deb yozing: adminga to'g'ridan-to'g'ri yozasiz yoki so'rov qoldirasiz, biz o'zimiz bog'lanamiz. Admin: .
Kurs qancha davom etadi?
6 ta dars, har biri 10–20 daqiqa. Kursga kirish umrbod: bir marta to'laysiz, darslarni o'zingizga qulay vaqtda, istalgancha qayta ko'rasiz.
Kurator yoki mentor bormi?
Yo'q. Kurs mustaqil o'rganish uchun. Shuning uchun har bir dars bitta aniq natijaga olib boradi va amaliy topshiriq bilan tugaydi.
Nega AI vositalari uchun alohida to'lash kerak?
Kursda ishlatiladigan AI vositalarini boshqa kompaniyalar beradi: Claude'ni Anthropic, 3D skit kursidagi ovozni ElevenLabs. Obuna to'g'ridan-to'g'ri ularga to'lanadi. Biz faqat kurs uchun pul olamiz.
Menda faqat Humo yoki Uzcard bor. Nima qilaman?
Kursni Payme orqali Humo yoki Uzcard bilan to'laysiz. AI vositalarining obunasi esa Visa yoki Mastercard talab qiladi. Bu haqda birinchi bepul darsda batafsil aytamiz, shuning uchun kursni sotib olishdan oldin bilib olasiz.
Kursni qanday to'layman?
Telegram botda: kurs sahifasida "Сотиб олиш", keyin "Payme" tugmasini bosasiz va Payme sahifasida to'laysiz. To'lov avtomatik tasdiqlanadi, holatini botdagi "🔄 Тўлов ҳолатини текшириш" tugmasi bilan ham ko'rasiz. Click orqali to'lov tez orada qo'shiladi.
To'lovdan keyin nima bo'ladi?
Bot sizga yopiq kanalga bir martalik havola yuboradi, u 24 soat amal qiladi. Ulgurmasangiz, botda kursni ochib "Ёпиқ каналга ўтиш" tugmasini bosing, yangi havola keladi. Kanalda 5 ta pullik dars, PDF shablonlar va kursni qanday o'tish kerakligi haqida qo'llanma bor.
Kurs yoqmasa, pulni qaytarib olsam bo'ladimi?
Ha. To'lovdan keyin 3 kun ichida botga /call deb yozing va "Pulni qaytarish" so'rovini qoldiring, sababini so'ramaymiz. Pul Payme orqali o'sha kartaga 10 ish kuni ichida qaytadi, kanalga kirish avtomatik yopiladi. Batafsil: ommaviy oferta, 7-bo'lim.
Darslar qaysi tilda?
O'zbek tilida, lotin yozuvida. Promptlar va PDF shablonlar ham o'zbekcha.
Bir nechta kursni olsam bo'ladimi?
Ha. Har bir kurs alohida sotiladi va har biriga alohida kanal ochiladi.
